Koreyadagi AI tadqiqotchilari hamjamiyatiga qo‘shildim!

Yaqinda Koreyadagi (오랩실) AI tadqiqot hamjamiyatining ilk oflayn seminariga taklif qilishdi va qatnashdim!
Ochig'i boshida qanday hamjamiyat, u yerda nimalar qilinadi, asosiy maqsadi nima — bular haqida unchalik tasavvurim yo‘q edi. Lekin qiziqib bordim.
Qiziq ekan qiziqib qoldim, yangi g‘oyalar va foydali tajribalar va bir changal vizitka bilan qaytdim.
Seminarda AI yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib borayotgan o'quvchilar o‘zlarining ilmiy ishlari, tadqiqot jarayonlari va tajribalari bilan bo‘lishishdi. Asosan, ular qanday muammolarga duch kelgani va qanday yechimlar topgani haqida eshitib maqola yoz
Shaxsan menga eng yoqqan qism esa tadbir oxiridagi Panel Talk (패널 토크) bo‘ldi.
Bu yerda 10 yildan ortiq tajribaga ega dasturchilar va soha mutaxassislari bilan erkin savol-javob qilish, ularning real ish jarayonidagi tajribalarini eshitish va turli mavzularda fikr almashish imkoniyati bo‘ldi.
O‘ylab qarasam, men doim o‘zimdan katta va tajribaliroq insonlar orasida bo‘lib qolaman. Maktabda ham, ishda ham, universitetda ham shunday bo‘lgan. Bu safar ham an’ana davom etdi. 😄
Bu safar ham qo'shilgan hamjamiyatimni eng yosh a’zosi bo'ldim!
Taklif qilgan akamizga rahmat! Davom etamiz...
📰 Tadbir haqida Koreya OAVdagi maqola: https://www.etnews.com/20261106000047